“Hay’at Tahrir aş-Şom” (avvalgi nomi “Jabhat an-Nusra”) terrorçilik guruhi yetakçisi Abu Muhammad al-Jölaniy (haqiqiy ismi Muhammad Husayn aş-Şar’a) boşidan jarohat oldi, deb xabar berdi Turkiyadagi tibbiy manbaga iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi.
Ta’kidlanişiça, Suriyaning Idlib şahrida portlaş oqibatida oğir boş jarohati olgan terrorçi 18 fevralda Turkiyaning Xatay viloyatidagi Antakya şahri davlat şifoxonasiga yetkazilgan.
“Şifoxonaga yetkazilgan odam portlaşdan yaralangan, bu uning miyasi çayqalişiga olib kelgan. Uning boşi operatsiya qilingan”, deb qöşimça qilgan manba. Uning ta’kidlaşiça, uşbu odam terrorçi Abu Muhammad al-Jölaniy hisoblanadi. Terrorçi intensiv terapiya bölimiga joylaştirilgan, uni ahvoli oğir bölib, koma holatida ekanligi ma’lum qilingan.
Avvalroq Suriyaning al-Watan naşri Damaşq jinoyat sudi “Hay’at Tahrir aş-Şom”, “Faylaq ar-Rahmon”, “Jayş al-Islom" terrorçilik guruhlarining yetakçilarini sirtdan ölim jazosiga hukm qilganini ma’lum qilgan. Ölim jazosiga hukm qilinganlar orasida al-Jölaniy ham bölgan.












