Isroil boş vaziri Binyamin Netanyaxu Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uçraşiş uçun rejalaştirilgan safarini bekor qildi. Bu haqda Haaretz gazetasi xabar bermoqda.

Gazetaning yozişiça, ular uçraşuv örniga telefon orqali muloqot ötkazişadi. Keyinroq uçraşuv uçun yangi muddat tanlanadi. Qayd etilişiça, taşrif bekor qilinişi aprel saylovlari arafasidagi siyosiy vaziyat bilan boğliq.

The Jerusalem Post gazetasining ta'kidlaşiça, uçraşuv har ikki tomon kelişuvi asosida bekor qilingan.

Netanyaxu va Putin 21 fevral kuni Moskvada uçraşişi kerak edi. Uçraşuvda ikki tomonlama hamkorlik, Yaqin Şarqdagi vaziyatni muhokama qiliş rejalaştirilgandi.