Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev bilan uchrashdi. 

“Bugun Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning samimiy salomi va ezgu tilaklarini yetkazdim”, deb yozdi u o‘z Telegram-kanalida.

Prezident Administratsiyasi rahbarining ta’kidlashicha, Qozog‘iston O‘zbekiston uchun shunchaki qo‘shni yurt emas, balki yaqin do‘st, ishonchli strategik hamkor va ittifoqchidir.

Mirziyoyeva iliq qabul va mamlakatlar o‘rtasidagi qardoshlik-birodarlik rishtalarini yanada mustahkamlash borasidagi qat’iy intilishlari uchun Qozog‘iston prezidentiga minnatdorlik bildirgan.

Avvalroq Saida Mirziyoyeva Toshkent xalqaro forumida ishtirok etish uchun kelgan Rossiya hukumati raisi Mixail Mishustin bilan uchrashgandi.