Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimovning 19 fevral kuni navbatdagi xalq bilan muloqoti sayyor qabul şaklida Payariq tumanida ötkazildi.

Tumandagi 1-son bolalar-ösmirlar sport maktabida ötkazilgan sayyor qabulda 602 nafar fuqaro tomonidan murojaatlar röyxatga olindi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati Kun.uz’ga ma'lum qilmoqda.

Tumanda yaşovçi fuqarolar özlarini qiynayotgan muammolardan taşqari köpçilik manfaatiga xizmat qiladigan — yöllarni ta'mirlaş, elektr energiyasi va içimlik suvi ta'minoti böyiça murojaatlari bilan qatnaşişdi.

Barça masalalar viloyat hokimligi tomonidan qat'iy nazoratga olindi va 22 fevral kuni ijro holati muhokama etilişi belgilandi.

Bu Erkinjon Turdimovning 2018 yil iyul oyida Samarqand viloyati hokimi etib tayinlanganidan buyon şahar va tumanlarda ötkazayotgan yettinçi sayyor qabulidir. 

Avvalroq Bulunğur tumanida, Samarqand şahrida (ikki bor), Paxtaçi, Past Darğom va Narpay tumanlarida sayyor qabul ötkazilgan edi. Bungaça eng köp murojaat Paxtaçi tumanidan tuşgan — 432 ta va ularning 318 tasi qanoatlantirilgan.