Seul markaziy sudi Koreya Respublikasining sobiq milliy mudofaa vaziri Kim Gvan Çjinni ikki yarim yilga ozodlikdan mahrum qiliş haqida hukm çiqardi. Bu haqda YTN telekanali xabar berdi.
Xabarda aytilişiça, sud Kim Gvan Çjin kibernetik operatsiyalar boşqarmasidagi xodimlariga prezident Pak Kin Xe hukumatini qöllab-quvvatlaş uçun onlayn-kampaniya taşkil etişga buyruq bergan deb topdi.
Onlayn-kampaniya natijasida turli forumlarda prezident hukumatini qöllab-quvvatlaş mazmunidagi 9 mingdan ortiq postlar çop etilgan.
2010-2014 yillarda mudofaa vazirligini boşqargan sobiq vazir, şuningdek maxfiy moliyaviy operatsiyalar bilan boğliq suiiste'molliklarni aniqlaş böyiça içki tekşiruvlarga xalaqit berişga urinişda ayblangan.












