Avval, 21–23 fevral kunlari Buxoro şahrida “I Xalqaro ziyorat turizmi forumi” ötkazilişi haqida xabarlar berilgan edi. Anjumanda önlab davlatlardan olimlar, ulamolar, turizm sohasi sarmoyadorlari, xalqaro taşkilotlarning vakillari iştirok etyapti.

Özbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabariga köra, Özbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov xalqaro forumda iştirok etiş uçun bugun, 21 fevral kuni Buxoro şahriga yetib keldi.

Foto: Özbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati

Muftiy viloyatga safarini xayrli iş bilan boşladi. Buxoro viloyati Qorovulbozor tumanida yangi qurilayotgan jome masjidning birinçi ğiştini qöyib beriş uçun mazkur tumanga taşrif buyurdi. Aytiş mumkinki, uşbu tumanda şu kunga qadar birorta ham masjid yöq edi. Yangi jome masjidning qurilişi hudud aholisi uçun katta voqea böldi.

Foto: Özbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati

Buxoro viloyati Qorovulbozor tumanidagi yangi jome masjidga yirik muhaddis Abdulloh ibn Muborak nomi berildi. Jome masjid poydevoriga birinçi tamal toşini muftiy Usmonxon Alimov qöyib berdi. 

Foto: Özbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati