Qozoğiston prezidenti Nursulton Nazarboyev mamlakat hukumatini iste'foga çiqarişga qaror qildi va uning iste'fosini qabul qildi. Bu haqda Oqörda saytida ma'lum qilindi. 

Nazarboyevning ta'kidlaşiça, Qozoğistonda bir neçta, jumladan, industrial, ijtimoiy, infratuzilmani rivojlantiriş, soğliqni saqlaş va ta'lim davlat dasturlari qabul qilingan, biroq ular böyiça hukumat tomonidan tizimli iş yölga qöyilmagan va şu sababli aholining real daromadlari oşmagan.    

“Bugun davlatimiz uçun muhim qarorni qabul qilmoqdaman. Avvalgi yillarda ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat barqaror edi. Bu, şubhasiz, ijobiy holatdir. Biroq hozirgi zamon uçun bu yetarlilik qilmaydi”, deb aytgan prezident.

Elbasining aytişiça, yangi hukumat turmuş darajasini oşiriş, iqtisodiyotni stimullaş, strategik vazifalarni amalga oşiriş böyiça amaliy qadamlarni işlab çiqişi lozim.

Şu munosabat bilan Nazarboyev 21 fevralda hukumatni iste'foga çiqariş haqidagi farmonni imzolagan va boş vazir lavozimiga vaqtinçalik Askar Maminni tayinlagan.  

Farmonga köra, hukumat a'zolariga hukumatning yangi tarkibi tasdiqlanmagunça öz vazifalarini bajariş topşirilgan. 

Bungaça Qozoğiston boş vaziri sifatida Bakitjan Sağintayev işlab kelayotgandi. Mamin esa boş vazir birinçi örinbosari lavozimini egallab kelgan.