2019 yil 11 yanvar kuni Toşkent Markaziy vokzalining “Toşkent-Tovar” temir yöl bekatidagi bojxona omboriga Rossiya Federatsiyasidan kelgan yuk vagonidagi konteynerlar közdan keçirilganda bitta quti yöqligi aniqlangan.

Özbekiston Respublikasi IIV Jamoatçilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boşqarmasi xabariga köra, olib borilgan suriştiruv işlari natijasida uşbu quti Toşkent viloyati Toşkent tumani Keles şahar Tinçlik mahallasi yaqinida joylaşgan “Oqköprik-Keles” temir yöl bekatlari oraliğida noma'lum şaxslar tomonidan sindirilib, içidagi jami 4 dona paraşyutlari öğirlab ketilgan holda topilgan. 

Holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilgan. Körilgan çoralar natijasida uşbu jinoyatni Toşkent tumani va Toşkent şahrida yaşovçi 6 nafar şaxs sodir etganliklari aniqlanib, uşlangan. 

Tergov harakatlari davom etmoqda, deyiladi xabarda.