Venesuela prezidenti Nikolas Maduroning fikriça, AQŞning Venesuelaga nisbatan hozirgi siyosati AQŞda 2020 yilda ötadigan prezident saylovlari bilan boğlangan. U bu haqda Hispan TV telekanaliga bergan intervyusida aytib ötdi.
Maduroning aytişiça, AQŞ prezidenti Donald Trampning reytinglari uni keyingi saylovlarda Demokratik partiya nomzodlari osonlikça yengib ötişlarini körsatmoqda. Şu sababli Tramp çorasiz qolgan va öz pozitsiyalarini Venesuela, Kuba va Nikaraguaga qarşi harbiy harakatlar va bayonotlar bilan yaxşilay olişi mumkin, deb hisoblamoqda. “Bu saylov kampaniyasini boşlaş uçun eng jirkanç usuldir”, deb aytgan Maduro.
Venesuela prezidentining ta'kidlaşiça, Trampning Venesuelani zabt etiş istagi uşbu mamlakatning neft, gaz va boşqa foydali qazilmalari kabi boyligi bilan boğlangan.
Şu bilan birga Maduro davlati Tramp bayonotlariga qarşi birdam va yakdil ekanini aytgan. “Barça sörovnomalarda venesuelaliklarning 90 foizdan köproği AQŞning har qanday aralaşuvi, harbiy tajovuziga qarşi ekanligi aytilgan”, deb ta'kidlab ötgan Maduro.
20 fevralda Trampning milliy xavfsizlik böyiça maslahatçisi Jon Bolton Nikaragua prezidenti Daniel Ortega hokimiyati yaqin orada poyoniga yetişini aytgan. Uning aytişiça, AQŞda Orteganing “kunlari bitgan va xalq yaqin orada ozod böladi” deb hisoblanmoqda.













