Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev neft-gaz va kimyo sanoatini yanada rivojlantiriş masalalariga bağişlangan yiğiliş vaqtida «Gazprombank»ning 300 million dollarlik kreditini jalb qiliş böyiça topşiriq berdi.
«Energetika va Moliya vazirliklariga «Şörtan gaz-kimyo majmuasining tozalangan metani negizida sintetik suyuq yoqilği (GTL) işlab çiqarişni taşkil etiş» loyihasi böyiça 2,3 milliard dollarlik xorijiy kreditlarning moliyalaştiriş şartlarini belgilaş, «Şörtan gaz-kimyo majmuasining işlab çiqariş quvvatlarini kengaytiriş» loyihasi böyiça «Gazprombank»ning 300 million dollarlik kreditini jalb qiliş vazifasi yuklatildi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
Qayd etiş kerakki, şu yilning yanvarida «Özbekneftgaz» va «Gazprombank» vakillari örtasida uçraşuv ötkazilgan, Özbekiston tomoni uşbu kompaniyani ilk yevrobondlarni çiqarişda global muvofiqlaştiruvçilardan biri sifatida tanlagandi.
Fevral oyida esa Özbekiston Respublikasi tomonidan JP Morgan – global koordinator hamda qöşma bukranner, Citi va Gazprombank – qöşma lid-menejyer va bukrannerlar etib tayinlangani ma'lum böldi.
«Gazprombank» hozirça bu ma'lumot yuzasidan izoh bermadi.












