Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 21 fevral kuni neft-gaz hamda kimyo sanoatida olib borilayotgan islohotlar natijadorligini tahlil qiliş, uşbu tarmoqlarni tizimli rivojlantiriş masalalariga bağişlangan yiğiliş ötkazdi.
Mamlakatimizda yoqilği-energetika sohalarini uyğun rivojlantiriş va energiya manbalarini diversifikatsiya qiliş böyiça izçil işlar amalga oşirilmoqda. Bu iqtisodiyot tarmoqlari va aholining energiya resurslariga tobora ösib borayotgan ehtiyojini qondirişda muhim omil bölmoqda.
Joriy yilgi Investitsiya dasturiga mazkur soha böyiça umumiy qiymati 27,8 milliard dollarlik 26ta loyiha kiritilgan. Prezident uşbu loyihalar bilan har kuni şuğullanib, ularning öz muddatida va sifatli amalga oşirilişini ta'minlaş zarurligini ta'kidladi.
Energetika va Moliya vazirliklariga «Şörtan gaz-kimyo majmuasining tozalangan metani negizida sintetik suyuq yoqilği (GTL) işlab çiqarişni taşkil etiş» loyihasi böyiça 2,3 milliard dollarlik xorijiy kreditlarning moliyalaştiriş şartlarini belgilaş, «Şörtan gaz-kimyo majmuasining işlab çiqariş quvvatlarini kengaytiriş» loyihasi böyiça «Gazprombank»ning 300 million dollarlik kreditini jalb qiliş vazifasi yuklatildi.
Muborak gazni qayta işlaş zavodi, Şörtanneftgaz va Gazlineftgaz korxonalarida suyultirilgan gaz işlab çiqariş, neft va gaz qazib çiqariş, geologik qidiruv uskunalarini sotib oliş kabi loyihalarga talab etiladigan mablağlarni mamlakatimizning yevroobligatsiyalari hisobidan moliyalaştiriş lozimligi ta'kidlandi.
Geologik qidiruv işlari murakkab bölgan hududlarga töğridan-töğri xorijiy investitsiyalarni jalb qiliş işlari talab darajasida emasligi körsatib ötildi.
Yiğilişda tizimda töplanib qolgan debitor qarzdorlikni kamaytiriş masalasiga ham alohida e'tibor qaratildi.

Tarmoqning eksport salohiyati tahlil qilinar ekan, bu borada faqat gazga boğlanib qolmasdan, uglevodorodlarni çuqur qayta işlaş asosida eksport hajmini oşiriş zarurligi ta'kidlandi.
«Özbekneftgaz» va «Özkimyosanoat» rahbariyatiga tabiiy gazdan yuqori qöşilgan qiymatli polimer, polistirol, PET, sintetik kauçuklarni işlab çiqariş konsepsiyasini tayyorlab, joriy yil may oyida Toşkentda bölib ötadigan neft-gaz xalqaro konferensiyasida çet ellik investorlarga taqdimot qiliş vazifasi yuklatildi.












