Özbekiston Respublikasi Prezidenti “Özbekiston Respublikasida çöllaniş va qurğoqçilikka qarşi kuraşiş böyiça işlar samaradorligini oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorni imzoladi.
Hujjatda qayd etilişiça, Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995 yil 31 avgustdagi 125-1-son qarori bilan Qattiq qurğoqçilikni boşdan keçirayotgan va (yoki) çölga aylanib borayotgan mamlakatlarda, ayniqsa Afrikada çölga aylanib borişlarga qarşi kuraş böyiça BMT Konvensiyasi ratifikatsiya qilingan.
Özbekiston Respublikasi Örmon xöjaligi davlat qömitasiga quyidagi qöşimça funksiyalar yuklandi:
respublikada çöllanişning oldini oliş, örmonlarni qayta tiklaş va ihota örmonlarini köpaytiriş böyiça çora-tadbirlarni amalga oşiriş;
Özbekiston Respublikasining çöllaniş va qurğoqçilikka qarşi kuraşiş böyiça xalqaro majburiyatlarini bajariş;
çöllaniş va qurğoqçilikka qarşi kuraşiş masalalari böyiça xalqaro va mintaqaviy taşkilotlar bilan samarali özaro hamkorlikni ta'minlaş;
Özbekiston Respublikasida çöllaniş va qurğoqçilikka qarşi kuraşiş böyiça dastur va loyihalarni işlab çiqiş va amalga oşirişda iştirok etadigan vazirlik, idora va mahalliy ijro etuvçi hokimiyat organlari işlarini muvofiqlaştiriş;
Konvensiya talablarini bajariş doirasida Özbekiston Respublikasining milliy vakolatli organi vazifalarini amalga oşiriş.
Özbekiston Respublikasi Örmon xöjaligi davlat qömitasi markaziy apparatining tuzilmasida Özbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazining Konvensiya doirasida xalqaro majburiyatlar bajarilişi uçun mas'ul bölgan ştat birliklarini kerakli miqdorda tugatiş hisobiga boşqaruv xodimlarining ştat soni 4 nafardan iborat bölgan Çöllaniş va qurğoqçilikka qarşi kuraşiş boşqarmasi taşkil etildi.
Özbekiston Respublikasi Örmon xöjaligi davlat qömitasi:
doimiy ravişda Konvensiya doirasida Özbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlari öz vaqtida va zarur darajada bajarilişini ta'minlab boradi;
çöllanişning oldini oliş, qurğoqçilikka qarşi kuraşiş, örmonlarni qayta tiklaş va ihota örmonlarini köpaytiriş böyiça yuklangan vazifalarni samarali bajariş uçun davlat va xöjalik boşqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvçi hokimiyat organlari hamda xorijiy ixtisoslaştirilgan taşkilotlar mutaxassislarini zarur xollarda jalb qiladi;











