2002 yilda Özbekistonda Bolalar sportini rivojlantiriş jamğarmasi tuzilgan va ötgan yilga qadar uning mablağlari hisobidan respublika böylab keng kölamda sport majmualarini quriş işlari olib borilgan edi. Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyevning fikriça, yillar mobaynida uşbu jamğarma tomonidan namunaviy loyihalar asosida sport inşootlarini bunyod etiş işlariga notöğri yondaşib kelingan.
«Yillar davomida Bolalar sportini rivojlantiriş jamğarmasi tomonidan köp-köp sport inşootlari foydalanişga topşirilgan. Bilasizlar, ularning hammasi «tipovoy» bölgan. Loyihalar beşta tipdan iborat bölgan», – degan Nabiyevning matbuot anjumanidagi sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
«Ularning qurilişiga joylaşuvi, şaroitidan kelib çiqib yondaşilmagan. Çunki, misol uçun, joylarda yurganda köramiz, 18x42 ölçamdagi katta zal, uni örtasida bitta ring qöyib qöyadi. Şu bilan uni na mini-futbolga, na voleybolga, na basketbolga, na badminton va na gandbolga işlatsa böladi. U zalni heç narsaga işlatib bölmaydi. Yoki teskarisi, zal kiçkina. Bu sport zallari sport öyinlariga möljallanmagan va aholi sonidan kelib çiqmagan holda qurib qöyilgan.
Şu munosabat bilan yurtboşimiz topşiriq berdilar. Bu taşabbus dastlab Sirdaryo viloyatida amalga oşiriladi. Tez bitadigan, yengil konstruksiyadan iborat, sendviç panellar asosida quriladigan yangi loyihalar işlab çiqildi. Ular zamonaviy, köp xarajat talab qilmaydi, isitiş va sovutiş ham oson. Bunday binolarga xizmat körsatiş ham juda qulay», – deya aytib ötdi Dilmurod Nabiyev.
Jismoniy tarbiya va sport vaziri sözlariga köra, Özbekistonda sport inşootlari qurilişi va ta'miri böyiça 2020-2024 yillarga möljallangan dastur işlab çiqilmoqda.
Eslatib ötamiz, 2018 yil mart oyida Bolalar sportini rivojlantiriş jamğarmasi va uning hududiy bölinmalari tugatilib, ularning negizida Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantiriş jamğarmasi taşkil etilgan edi.

















