Dastlab «Xalq sözi» gazetasi çiroqçilik qizning «super kontraktga ilingani» haqida xabar berdi.

«Qaşqadaryo viloyatining Çiroqçi tumani Örta qişloğida yaşovçi Iroda Qarşiboyeva Qarşi davlat universitetining kimyo-biologiya fakultetiga hujjat topşirib, «super kontrakt»ga ilindi.

Astoydil oliy ta'lim olişni istagan bu qizning qöliga 57 mln 713 ming 490 sömlik şartnomani tutqazişganida köz oldi qoronğilaşib ketdi: «Bunça pulni qayerdan topaman? Oilamning imkoni yetmasa...» degan fikr xayolidan sira ketmas, keyingi yil yana bir bor omadini sinab köriş haqida ham öylar, lekin oliygohda öqiş istagi hammasidan ustunlik qilardi.

Bir ilinj — bu universitet rektori Dilmurod Nabiyevga uçraşiş, juda öqigisi kelayotganini aytiş edi. Ammo rektor uni qabul qiladimi? «Talab şu, pulini tölasangiz, öqiysiz», desa nima deydi? U şunday öy-xayollar bilan rektorga uçraşdi.

«Qizim, orzum uşaldi, deyavering...» Iroda rektorning samimiyat bilan aytgan bu gapini tuşida yoki öngida eşitganini farqlay olmay qoldi. Közlaridan beixtiyor yoş oqdi. Rektorga qanday minnatdorlik bildirişni bilmasdi. Faqat u «Nahotki men talaba böldim? Bu xabarni tezroq onamga yetkazişim kerak», der edi», — deyiladi maqolada.

Qarşi davlat universiteti matbuot xizmati ma'lumotiga köra, Iroda Qarşiboyeva şu yil 23 noyabr kuni universitetning kimyo-biologiya fakulteti 1-bosqiçida öqişni boşladi. «Super-kontrakt» summasi OTM budjetdan taşqari mablaği hisobidan tölab beriladigan bölgan.

Bloger Xuşnudbek Xudoyberdiyev Twitter’dagi sahifasida uşbu voqea yuzasidan fikrlarini bildirdi.

«Albatta, metsenatlikning har qanaqasi yaxşi. Buni muhokama qiliş ham ğalati. Ammo öqişga kira olmagan talabaga 57 mln söm bergandan, öqişga kirgan 10 talabaga yordam beriş yaxşiroq, menimça. Yana ham kim bilsin? Budjet taqsimoti ham taxminan şunaqa böladi bizda», — deb yozdi u.

Telegram kanallarining birida esa «Xalq sözi»dagilarga kimdir eslatib yuborsin, «super kontrakt» bölib öqişga kirilmaydi yoki ilinilmaydi. «Super kontrakt»da soqqasini tölab öqiladi», degan ma'noda post