«Jizzax: 2019 yilning ustivor vazifalari, yangi qiyofa, bunyodkorlik va ma'suliyat» — Mirzaçöl tumanidagi Gagarin şahrida ötkazilgan navbatdagi Xalqaro press-klub sessiyasi ana şunday nomlandi.

Xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasi bir qator vazirliklar vakillari, Jizzax viloyati şahar va tuman hokimlari, boşqarma va taşkilot rahbarlari, şahar va tuman sektorlari rahbarlari, faollar, deputatlar, tadbirkor va fermerlar iştirokida taşkil etildi.

Xalqaro Press-klubning Mirzaçöl tumanida ötgan sayyor sessiyasi.
Foto: Xalqaro press klub

Prezidentimiz Ş.Mirziyoyevning Jizzax viloyatiga, xususan Mirzaçöl tumaniga taşrifidan kelib çiqadigan vazifalar ijrosi hamda viloyatdagi barça tumanlar markazini Gagarin şahri kabi obod qiliş böyiça amalga oşirilayotgan işlar tahliliga bağişlangan navbatdagi sessiyasida sözga çiqqanlar tuman markazida amalga oşirilgan bunyodkorlik işlari, şuningdek, yil söngiga qadar har bir tumanda qurilib foydalanişga topşirilişi kerak bölgan obektlar, ularni moliyalaştiriş, işçi örinlari yaratilişi, «Obod qişloq» dasturiga kirgan obe'ktlar, köp qavatli uy joylarni kreditlaş masalalari xususida töxtalişdi.

Sessiyada iştirok etgan Özbekiston qahramoni Anorboy Eşmatov odamlardagi bugungi kayfiyat, yaxşi yaşaşga bölgan iştiyoq Jizzaxning keçasi va buguni haqida gapirar ekan, bugun juda köpçilikni qiynayotgan muammolardan biri boqimandalik kayfiyatidan qutiliş masalalariga ham töxtaldi. Bugun Jizzax viloyatida deyarli har bir xonadon öz tomorqasiga ega, xöş aholi öziga tegişli şaxsiy tomorqadan unumli foydalanyaptimi? Mahalla faollari, tuman va şahar xotin qizlar qömitalari vakillari bu borada qanday işlarni amalga oşirişayapti? Ana şunday savollarga javob izlandi.

Özbekiston qahramoni Anorboy Eşmatov
Foto: Xalqaro press klub

Jizzax viloyati hokim örinbosari Nazira Muxtorova aynan şu mavzuga töxtalib ötar ekan, ayollar bandligi, ularning turmuş şaroiti, kasb-hunar egallaşga bölgan iştiyoqi bugun Mirzaçöl tumanida qöllanilgan işlar barça tumanlarda tajriba sifatida qöllanayotganligini ta'kidlab ötdi.