Buxoro şahrida Ziyorat turizmi böyiça birinçi Xalqaro forumi öz işini boşlagani haqida xabar berilgan edi. Tadbir doirasida ommaviy axborot vositalari vakillari uçun matbuot anjumani ötkazildi. Savollarga Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi raisi vazifasini bajaruvçi Abdulaziz Akkulov, uning örinbosari Uluğbek Qosimxöjayev javob berişdi.
Matbuot anjumani davomida savollar bilan bir qatorda qiziqarli takliflar ham berildi. Takliflardan biri Buxoro aeroportini oçiq osmon formatiga ötkazişni közda tutadi. Malayziya vakilining sözlariga köra, dastlab Toşkentga qönib, keyin Buxoro yoki boşqa şaharlarga boriş sayyohlar uçun öziga yaraşa noqulaylik tuğdiradi.
Ta'kidlaş joizki, Ziyorat turizmi böyiça birinçi xalqaro forumda Xalqaro Ziyorat turizmi forumida şuningdek Turkiya din işlari qömitasi raisi örinbosari Osman Tirasçi, Dehli boş masjidi imomi Said Buxoriy, Rossiya muftiylar kengaşi raisi birinçi örinbosari Ruşan Abbasov, Indoneziyadagi Özbekiston sayyohlik brendi elçisi Eko Şri Margianti, Misr Vakillar palatasining Ijtimoiy birdamlik, oila va nogironlar qömita raisi Abdulhadiy Al-Kasabiy kabi qator xorijiy mutaxassislar iştirok etişdi.












