Forbes reytingi: "Runet"ning eng qimmat 20 kompaniyasi
|01:48 / 23.02.201914 66610 min
Rossiya internet kompaniyalarining ekotizimlarga aylantirilişi va soha konsolidatsiyasi Forbes reytingida qator özgarişlarni yuzaga keltirdi. Ba'zi kompaniyalarning reytingdagi pozitsiyasi ötgan yilga nisbatan pasaygan, ba'zilari esa umuman çiqib ketgan. Bu tadqiqot metodologiyasining özgarişi bilan boğliq: Forbes bu yil Rossiya bozoridagi vençur fondlar va konsalting kompaniyalar ekspertizasiga asoslandi.
1. «Yandeks»
2018 yilda «Yandeks» ekotizimiga «Yandeks.Oblako», «Yandeks.Dialogi», «Yandeks.Plyus» va «Yandeks.Drayv» servislari qöşildi. 2018 yilning fevralida «Yandeks.Taksi» va Rossiya hamda beş qöşni mamlakatdagi Uber'ning birlaşişiga doir bitim yopildi. «Yandeks»ning 3,8 milliard dollarlik yangi kompaniyadagi uluşi 59,3 foizni taşkil qildi. Şuningdek, «Yandeks» kompaniyasi «Yedadil» çegirmalar agregatori va «Partiya yedy» oziq-ovqat yetkazib beriş servisining 83,3 foizini xarid qildi.
2. Mail.ru Group
Mail.ru Group «Yandeks» bilan onlayn-biznes diversifikatsiyasida raqobatlaşişda davom etmoqda. 2018 yil boşida u 100 million dollarga ESforce kibersport xoldingini xarid qildi, aprel oyida esa dori vositalari buyurtma qilinuvçi «Vse apteki» onlayn-servisini işga tuşirdi. 2018 yil kuzida guruh «Sitimobil» onlayn-taksi servisi aksiyalarining 18 foizini qölga kiritdi va Xitoyning Alibaba internet giganti bilan AliExpress Russia onlayn-reteylerini yaratişga kelişdi.
3. Avito
Rossiyadagi eng yirik bepul e'lonlar saytiga şvetsiyalik Yonas Kordlander va Filip Engelbert tomonidan asos solingan. Servis asosan e'lonlar tarğiboti böyiça xizmatlarga tayanib pul işlagan. 2018 yilda uning foydalanuvçilari soni oyiga 32 milliondan 35 million kişigaça oşdi. 2019 yilning yanvarida Naspers fondi kompaniya aksiyalarining 29,1 foizini 1,16 milliard dollarga sotib oldi va öz uluşini 99,6 foizga yetkazdi. Şu tariqa servis 3,85 milliard dollarga baholandi.
4. Wildberries
2000-yillar boşida asos solingan Wildberries kompaniyasi kataloglar böyiça kiyim-keçak sotişdan boşlagan. Bugunga kelib u yillik daromadi yildan yilga ösib borayotgan eng yirik internet-riteyler hisoblanadi. Bakalçuk juftligi bir kuni Forbes jurnaliga superloyiha taşkil qilişlarini xayollariga ham keltirmaganliklarini aytişdi. Şunday bölsa-da, 2018 yil yakunlari böyiça ularning kompaniyasi daromadi 100 milliard rubldan, kapitalizatsiya bahosi esa - 1 milliard dollardan oşdi.
Mavzuga oid
5. Ozon Group
2018 yilning martida "MTS" Ozon onlayn-reteyleriga 1,15 milliard rubl investitsiya kiritdi va özining undagi uluşini 11,2 foizdan 13,7 foizga oşirdi. Keyinroq telekom-gigant öz uluşini 16,66 foizga olib çiqdi, bitim summasi oşkor etilmadi. Ozon jalb qilingan mablağlarni infratuzilma rivoji va yangi loyihalarga yönaltirmoqda. 2018 yilda u farmatsevtik faoliyat uçun litsenziya oldi va dori vositalarini belgilangan manzilga yetkazib bera boşladi.
6. HeadHunter
HeadHunter Rossiya va MDH mamlakatlarida iş izlaşga doir saytlar orasida yetakçi pozitsiyalarni egallaydi. 2017 yilda servis 2018 yilda NASDAQ birjasida IPÖga çiqiş rejasi haqida e'lon qildi. U investorlardan 250 million dollar jalb qilişni möljallagan, bu esa kompaniyaning 500 million dollarga baholanişiga sabab böladi. Oxir-oqibat, bitim AQŞning 2018 yil aprelida qabul qilingan qat'iy sanksiyalari sabab imzolanmadi.
7. «Sitilink»
«Sitilink» — Forbes röyxatidagi elektron savdoga ixtisoslaşgan yagona onlayn-reteyler. Kompaniya özining oflayn faoliyatini faol oşirib bormoqda: bir yilda uning dökonlari soni 44 tadan 80 taga oşdi. Reteylerning buyurtma beruvçi va qabul qiluvçi 470 ta «Sitilink-mini» punkti bor. 2019 yil oxiriga borib kompaniya öz dökonlari sonini - 200 taga, yetkazib beriş punktlarini esa 600 taga yetkazişni rejalaştirmoqda.
8. «2GIS»
1999 yilda novosibirsklik işbilarmon Aleksandr Sisoyev şahar xaritasini ma'lumotnoma (spravoçnik) bilan birlaştiriş taşabbusini bildirdi. Bugunga kelib töqqiz mamlakatning 370 şahridagi 45 million kişi mazkur servisdan foydalanadi. 2018 yilda Amerikaning Apple kompaniyasi «2GIS» ma'lumotlarini «Karty» standart ilovasiga kiritdi. «2GIS» servisida xaritalardan taşqari şuningdek turli mamlakatlar böyiça 60 ga yaqin bepul qöllanmalar taqdim etilgan.
9. Lamoda
Sönggi yillarda Lamoda kiyim-keçak va poyabzal onlayn-reteyleri b2b yönalişini faol rivojlantirmoqda. Hamkor dökonlar kompaniya logistikasi va infratuzilmasidan foydalaniş imkonini berdi. Hozirda Lamoda şu model böyiça 20 yirik brend bilan hamkorlik qilmoqda. 2019 yilda Lamoda deyarli 1000 kv. m maydonda özining birinçi oflayn-dökonini oçişni rejalaştirmoqda.
10. ivi
2018 yilda Rossiyaning eng yirik ivi onlayn-kinoteatri bir yarim baravardan köproqqa ösdi. Uning tuzilmasidagi pullik model reklamani ortda qoldirib, asosiyga aylandi. Servis asosçisi Oleg Tumanovning sözlariga köra, ivi ösiş sur'atlarini saqlab qolsa, 2020 yilga borib NASDAQ birjasida IPÖga çiqişi mumkin. Yaqinda servisdan AQŞ, Kanada va Buyuk Britaniyada Roku televizori uçun pristavkalarda foydalaniş imkoni paydo böldi.
11. Aviasales
Aviaçiptalarni izlaş va bron qilişga möljallangan Aviasales servisi Pxuketdagi ştab kvartirasi bilan Go Travel Un Limited tuzilmasiga tegişli. 2018 yilda uning auditoriyasi oyiga 10 million noyob foydalanuvçidan 12 millionga yetdi. 2018 yil boşida kompaniya Qozoğiston bozoriga çiqdi va u yerda aviasales.kz sayti işga tuşdi, iyulda esa Avito bilan hamkorlikda çiptalar va turlar izlaşga möljallangan avitotravel.ru portali işga tuşirildi.
12. Profi.Ru
Servis ğoyasi "MFTI" aspiranti böliş barobarida repetitorlik bilan şuğullangan va 2006 yilda «Vaş repetitor» saytini yaratgan Sergey Kuznetsovga tegişli. Keyinroq Yegor Rudi unga qöşildi, ular bir neça loyihani bitta — Profi.ru'da birlaştirişdi. Servis komissiyada har bir körsatilgan xizmatdan pul işlaydi. 2018 yilda Profi.ru orqali 2,8 million buyurtma amalga oşirilgan.
13. OnlaynTreyd.Ru
«OnlaynTreyd.ru» internet dökoni 30 toifa tovarlarni sotadi, elektronika, maişiy texnika, farmatsevtik va kosmetik vositalar, mebel, kiyim-keçak va hatto oziq-ovqatlar şular jumlasidandir. Uning tarmoği 390 tovar yetkazib beriş punktidan iborat bölib, Rossiyaning 102 şahrida faoliyat yuritadi. Reteyler kuniga 16 mingdan ortiq buyurtma ustida işlaydi. 2018 yilda u Ximkada 23 ming kv. m maydonda transport-logistik kompleksini işga tuşirdi.
14. Skeng
Ingliz tili ta'limiga asoslangan Skeng onlayn maktabi şiddat bilan rivojlanmoqda: 2018 yilda saytda röyxatdan ötgan öqituvçilar soni - 2200 nafardan 5440 nafarga, öquvçilar soni esa 19 500 dan 52 500 tagaça oşdi. Kompaniya daromadi 2017 yilga nisbatan ikki baravarga ösdi. 2018 yilning yanvarida Skeng Baring Vostok investitsion fondidan mablağ jalb qildi, bitim yakunlariga köra, startap taxminan 100 million dollarga baholandi.
15. 1S-Bitriks
Kompaniya Sergey Rijikov («Bitriks») va Boris Nuraliyevning («1S») qöşma korxonasi sifatida iş boşladi. U saytlar va onlayn-loyihalarni boşqariş tizimlarini işlab çiqariş bilan şuğullanadi. Dastlab asosiy daromad veb-studiyalarga litsenziyalarni sotiş ortidan keldi, biroq hozir uning katta qismini CRM va Rossiya hamda butun dunyo böylab biznesni boşqariş servisini işlab çiqaruvçi «Bitriks24» ta'minlamoqda.
16. TalentTech
Aleksey Mordaşovning «Severgrupp» investitsion kompaniya bölinmasidan taşkil topgan texnologik kompaniya. 2017 yildan ta'lim va iş bilan ta'minlaş sohasidagi bir neça loyihani birlaştiradi: «Netologiya», «Foksford», «Remontnik.ru», FL.ru, Potok, JungleJobs. Guruhning eng yirik loyihasi — «Netologiya-grupp», u 2017 yilda tuzilma tarkibiga kirgan va yillik daromadning 80 foizga yaqinini ta'minlaydi.
17. TsIAN Grupp
Beş yilda cian.ru köçmas mulk ijarasi va sotuvi böyiça juda maşhur servisga aylandi. Ayni damda uning auditoriyasi oyiga 12 million kişidaye oşadi. 2018 yilda TsIAN banklardan ipoteka olişni qöllovçi servisni işga tuşirgani haqida e'lon qildi: xaridor anketani onlayn töldiradi, munosib taklifni tanlaydi, bankka hujjatlar skanini yöllaydi va rozilik yoki rad javobini oladi.
18. B2B-Center
B2B-Center yirik kompaniyalarga murakkab xizmatlar uçun pudratçilarni tanlaş va qimmatbaho sanoat uskunalarini izlaşda yordam beradi. 16 yilda maydondan 16,1 trillion rubllik 1,1 milliondan ziyod savdo amalga oşgan. 2019 yilning yanvarida B2B-Center örta biznes uçun B2B-Start maydonini işga tuşirdi. Röyxatdan ötgan har qanday kompaniya trenderlarda iştirok etişi mumkin, elektron imzo talab etilmaydi.
19. Superjob
Superjob portali «Triumvirat Development» saytlar işlab çiqaruvçisiga egalik qilgan Aleksey Zaxarov tomonidan işga tuşirilgan. 19 yil içida servis muassislari özgarmadi. Kompaniyaning «Proforiyentatsiya» nomli notijorat yönalişi bor: Superjob ekspertlari oliy ta'lim muassasalarida karerani qanday quriş haqidagi ma'ruzalar bilan çiqişmoqda. Forbes baholariga köra, Superjob iş izlaşga möljallangan onlayn-servislar bozorining 20 foizdan ziyod uluşini egallaydi.
20. YouDo
YouDo servisi turli işlarning buyurtmaçi va ijroçilarini birlaştiradi: kurerlik xizmatlari va yuk taşiş, ta'mirlaş, tozalaş, kompyuter böyiça yordam va h.k. Saytda 4 milliondan ortiq vazifalar belgilangan bölib, 1 millionga yaqin ijrosi röyxatdan ötkazilgan, xizmatlar haqidagi ma'lumot uçun ijroçilar tomonidan tölov kiritiladi. 2018 yilda MTS servisning 13,7 foiz aksiyasini 12 million dollarga xarid qildi. Bundan avval esa Sistema VC vençur fondi loyihaga pul kiritgan.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi