Özbekiston Respublikasi Prezidentining «Özbekiston Respublikasi fuqarolarining muddatli harbiy xizmatni ötaş tartibini takomillaştirişga oid qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi qarori imzolandi.

Unga köra, 2019 yildan çaqiriliş muddatini keçiktiriş huquqiga ega bölmagan Özbekiston Respublikasi fuqarolari mart-aprel oylarida muddatli harbiy xizmatga çaqiriladi, şuningdek, muddatli harbiy xizmatni ötaşga yaroqli hamda çaqiriliş muddatini keçiktiriş va çaqirilişdan ozod etiş huquqiga ega bölmagan, joriy yil çaqiruv mobaynida Qurolli Kuçlar safiga çaqirilmaydigan fuqarolar safarbarlik çaqiruvi rezerviga olinadi.

Bundan közlangan maqsad, Özbekiston Respublikasi fuqarolarini muddatli harbiy xizmatga çaqiriş tartibini yanada takomillaştiriş va Özbekiston Respublikasi Qurolli Kuçlariga muddatli harbiy xizmatga çaqiriliş davrida çaqiruv yoşidagi fuqarolarga qulay şaroitlar yaratiş hisoblanadi.

Hujjatda aytilişiça, 2018 yilda muddatli harbiy xizmatga çaqirilgan, harbiy xizmatning belgilangan muddatlarini ötab bölgan Özbekiston Respublikasi Qurolli Kuçlari harbiy xizmatçilari 2019 yilning mart-aprel oylarida rezervga böşatilişi belgilangan.

Ma'lumot uçun, şu vaqtgaça harbiy xizmatga çaqiruv tadbirlari yilning fevral—mart oylarida ötkazib kelinardi.