«Paxtakor» stadionida bölib ötgan Özbekiston superkubogi uçraşuvi «Lokomotiv»ning OKMK ustidan ğalaba qozonişi bilan yakunlandi – 2:1.

Öyinda hisob 12-daqiqada Temurxöja Abduxoliqov tomonidan oçildi. Hujumçi qanotdan oşirilgan töpni boşi bilan darvozaga aniq yölladi. Ikkinçi bölimda «temiryölçilar» burçakka yaqin masofadan jarima zarbasi ijro etgaç, darvozabondan qaytgan töpni şerigidan qabul qilib olgan Yovan Jokiç jarima maydoni taşqarisidan turib hisobdagi farqni ikkitaga oşirdi. Oradan 3 daqiqa ötgaç olmaliqliklar javob golini urişdi, bu vaziyatda çap qanotdan qulay tarzda uzatib berilgan töpni Zafar Polvonov boşi bilan «Loko» darvozasiga joylab qöydi.


Şu tariqa, 2:1 hisobida ğalaba qozongan «Lokomotiv» öz tarixida uçinçi marta Superkubokda qatnaşib, unda ikkinçi bor ğolib böldi. «Temiryölçilar» 2014 yili «Bunyodkor»ga yutqazişgan (1:2), bir yil ötib «Paxtakor»dan ustun kelişgandi (4:0).



Özbekiston Superkubogi – 2019
23 fevral. Toşkent, «Paxtakor» stadioni
LOKOMOTIV – OKMK – 2:1 (1:0)
Gol: Abduxoliqov (12), Jokiç (74) - Polvonov (77)
Lokomotiv: Javohir Ilyosov, Anzur Ismoilov, Jamşid Iskanderov (Aziz Haydarov, 74), Sardor Mirzayev, Temurxöja Abduxoliqov (Filip Rayyevats, 85), Husniddin Ğofurov, Islom Töxtaxöjayev, Yovan Jokiç, Davron Hoşimov, Oleg Zoteyev (Igor Yyeliç, 68), Diyor Turopov.
Zaxira: Ma'mur Ikromov, Avazbek Ölmasaliyev, Alişer Şoğulomov, Arslonmurod Omonov.
OKMK: Suhrobjon Sultonov, Mirjamol Qosimov (Jasurbek Hakimov, 62), Dilşod Jörayev, San'at Şixov (Şahboz Umarov, 79), Zafar Polvonov, Jasur Hasanov, Mirolyub Kostiç (Marko Zoçeviç, 40), Akmal Şorahmedov, Saydullo Rahmatov, Sardor Rahmonov, Bobur Yöldoşev.












