O‘zbekiston | 15:53 / 23.02.2019
6000
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston - AQSh maslahatlashuvlari bo‘lib o‘tadi

Foto: state.gov

Toshkentda O‘zbekiston - AQSh maslahatlashuvlari bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, 2019 yilning 25 fevral kuni O‘zbekistonga AQSh davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo masalalari bo‘yicha yordamchisi vazifasini bajaruvchi Elis Uells boshchiligidagi delegatsiya keladi.

Tashrif dasturidan ikki tomonlama maslahatlashuvlarning navbatdagi raundini hamda O‘zbekistonning vazirlik va idoralarida uchrashuvlar va muzokaralar o‘tkazish o‘rin olgan, deyiladi xabarda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid