Qozoğiston hukumati milliy valuta – tanganing dizayniga özgartiriş kiritdi. Endi tanga va qoğoz tangalarda rus tilidagi yozuv bölmaydi. Qozoğiston prezidenti Nursulton Nazarboyevning tegişli farmoni “Adilet” axborot-huquqiy tizimi saytida e'lon qilingan.
“Banknota va tangalar dizaynida qöllanadigan yozuvlar matni davlat tilida rasmiylaştiriladi. Investitsion va kolleksion tangalar dizaynida xorijiy tillardagi yozuvlarga ruxsat beriladi”, deyilgan hujjatda.
Eski qoidalarga köra, kupyura va tangalar bezagida qozoq tili barobarida rus tilining işlatilişiga yöl qöyilgan.
Qozoğistonda rus tili rasmiy til maqomiga ega. U davlat tili hisoblanmaydi va konstitutsiyaga köra davlat taşkilotlarida qöllanişi mumkin. Mamlakat hukumati aholining qozoq tilidan taşqari, rus va ingliz tilini örganişga undaş maqsadida “uç tillik” siyosatini yurgazadi.












