Sudan prezident Umar al-Başir hukumatni tarqatib yuborib, mamlakatda bir yillik muddatga favqulodda vaziyat tartibini kiritdi. Bu haqda Al Jazeera telekanali xabar berdi.
Sudan yetakçisi bunday çoralar norozilik namoyişlari bilan qamrab olingan mamlakatda vaziyatni önglaş uçun zarurligini aytgan. Sudanda noroziliklar 2018 yil dekabridan beri töxtamayapti.
Şu bilan birga prezident parlamentga konstitutsiyaga unga yangi prezidentlik muddatiga nomzodini qöyiş huquqini beruvçi tuzatişlar kiritişni körib çiqişni qoldirişga çaqirgan.
Ötgan hafta oxirida muxolif partiyalar a'zolari prezident iste'fosini talab qilişgan, biroq keyinroq ular politsiya tomonidan hibsga olingan.
Al-Başir Afrikada eng uzoq rahbarlik qilayotgan prezident bölib, u Sudan prezidenti lavozimini 1993 yil oktyabrdan beri egallab kelmoqda. Mamlakatda 2010 yilda ötkazilgan oxirgi prezident saylovlarida u 68,24 foiz ovoz töplagan.












