Davlat bojxona qömitasi Kontrabanda va bojxona qonunçiligi buzilişiga qarşi kuraşiş boşqarmasi xodimlari Toşkent şahrining Şayxontohur tumani hududida ötkazilgan tezkor tadbir davomida yovvoyi hayvonlarning noqonuniy oldi-sotdisi foş qilindi, deb xabar bermoqda DBQ axborot xizmati.

«Fuqarolar N.A., A.Z., R.D. va A.A.lar «Lasetti» hamda «Spark» avtomaşinalari salonidagi 2 boş şer bolalarini 6 ming AQŞ dollariga pullayotgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan qölga olindi», — deyiladi qömita xabarida.

Ta'kidlanişiça, hozirda uşbu holatlar yuzasidan suriştiruv harakatlari olib borilmoqda.