AQŞ prezidenti Donald Trampga kinematografdagi eng yomon natijalar uçun beriladigan “Oltin malina” mukofoti topşirildi.

“Malina” sovrindorlari an'anaviy ravişda “Oskar” mukofoti topşiriladigan keça arafasida e'lon qilindi. 

Tramp “Millat ölimi” va “Farengeyt 11/9” hujjatli filmlarida özini ijro etgani uçun “Eng yomon aktyor” yönalişida “ğolib” bölgan. U, şuningdek, “Eng yomon duet” yönalişi böyiça ham e'tirof etilgan. Trampning bu yönalişdagi duetdoşi sifatida uning “çeki yöq maydagapligi” qayd qilib ötilgan.     

Şuningdek, Itan Koenning “Xolms va Vatson” filmi 2018 yilning eng yomon filmi deb topilgan.

“Eng yomon aktrisa” yönalişida Melissa Makkarti (“Kattalar uçun öyinçoq” va “Kompaniya yuragi” filmlari) qayd qilib ötilgan.