Bugun «Lokomotiv» OKMKni mağlub etib (2:1), Özbekiston Superkubogini ikki marta qölga kiritgan birinçi klubga aylandi. Jami beş marta ötkazilgan bir öyindan iborat sovrinli uçraşuvda bunga qadar «Navbahor», «Bunyodkor» va «Nasaf» bir martadan ğolib çiqqan edi.

Uşbu mukofot «temiryölçilar» tarixidagi 8-sovrin böldi. Bu 8 kubokning barçasi oxirgi 5 yil içida qölga kiritilgan. Jamoa 2016, 2017 va 2018 yillarda Özbekiston çempioni; 2014, 2016 va 2017 yillarda kubok sohibi; 2015 yilda Superkubok egasi bölgan edi. Bundan taşqari, «Loko» 2013-2015 yillar oraliğida ketma-ket uç marta Oliy ligada ikkinçi örinni olgan, 2014 yilgi Superkubokda mağlubiyatga uçragan.

Tribuna.uz fotomuxbiri «Paxtakor» stadionida bölib ötgan «Lokomotiv»–OKMK uçraşuvidan sara suratlarni taqdim etdi.