Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Şoygu harbiy xizmatçi veteranlarga imtiyoz qöllaşni sörab, mamlakatdagi yirik riteylerlarga murojaat qildi. Masalan, X5Retail Group («Pyateroçka», «Perekrestok» va «Karusel») rahbari Igor Şexterman nomiga yozilgan xatda alohida xizmatlari uçun taqdirlangan harbiy xizmatçilarning «ijtimoiy fuqarolik maqomi»ni oşiriş maqsadida, ular tomonidan xaridlarga çegirma berişni nazarda tutuvçi imtiyozni qöllaş söralgan. 

Rossiya harbiylari iştirokidagi ikki çeçen uruşi, xalqaro maydondagi bir qator mojarolardan söng, harbiy veteranlarga imtiyoz beriş orqali ularni ijtimoiy himoyalaş yaxşi ğoya. Bunday taşabbuslarning muqobili jahon tajribasida ham köp uçraydi: Iroq va Afğoniston uruşida qatnaşgan harbiylar AQŞda mahsulotlar xarididan tortib ipotekani rasmiylaştirişgaça imtiyozlardan foydalanadi. Korporatsiyalarning özi imtiyozlarni joriy etiş taşabbusi bilan barçani harbiylarni quvontiradi. Masalan, Apple ötgan yil dekabrda veteranlar uçun maxsus şoxobçalar faoliyatini yölga qöydi. Kompaniya siyosatidagi bunday taklif AT&T, Spritn, Verizon va T-Mobile milliy aloqa operatorlarida ham uçraydi. 

Albatta, harbiy veteranning jamiyat oldidagi alohida xizmatlarini e'tirof etiş, uni qadrlaş uçun iqtisodiyotning ulkan qudratga ega bölişi söralmaydi. Ammo Rossiyada tuşunarsiz içki holat paydo bölgan: hukumatning özi davlatning iştiroki, masştabi, xarakteri haqidagi gapirişni istamagan uruşda xizmat qilgan harbiylarni jamiyat qanday tanib olişi kerak? Umuman, şunday imtiyoz joriy etilsa, jamiyat boşqa ma'lumotlarni talab qilişga haqlimi? Masalan, harbiy askarning nega imtiyozdan foydalanayotgani...

Rossiyada harbiylarni mukofotlaş va rağbatlantiriş yaşirin içki hujjatlarda aks ettiriladi. Agar mukofotlar şodasi köksiga qadalgan veteranni uçratsangiz, uning sidqidildan xizmat qilgani, vatani uçun sodiq qolganiga işoniş hissi paydo böladi. Ammo mukofotlar ortida qanday xizmat turibdi?

Bellingcat xalqaro izquvarlar guruhi e'lon qilgan «Rossiyaning Ukrainadagi uruşi: medallar va ösib borayotgan raqamlar» nomli hisoboti da mukofotlanganlar röyxatini tahlil etib, mintaqadagi Rossiya harbiy kuçlarining harakatlari taxmin qilingan. 

«Mukofotlar va Şarqiy Ukrainadagi vaziyatni kuzatib borsangiz, özaro aloqadorlik kelib çiqadi. 2014 yilning avgust va sentabr oyida eng şiddatli töqnaşuvlar keçgandi. Bir neça oy ötib, ukrain armiyasiga qarşi kuraşgan kuçlar aeroport va Debalsevo ustidan nazoratini örnatdi. Aynan şu muddat uçun mukofotlangan rossiyalik harbiy soni odatda kuzatiladigan tendensiyadan yuqori bölgan», – deb yoziladi hisobotda.