Samarqand şahrida taşkil etilgan kiçik sanoat zonasi iştirokçisi bölgan mas'uliyati çeklangan jamiyat şaklidagi “DENIZ TERLIK” qöşma korxonasi rahbari Murad Kasar 4 mln. dollar töğridan-töğri xorijiy investitsiyalarni kiritiş hamda 40 ta yangi iş örinlarni yaratiş böyiça investitsiya loyihasini amalga oşiriş uçun barça huquqlari tiklandi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

Ma'lum bölişiça,Murad Kasar 2018 yilning oktabr oyida Samarqand viloyat erkin iqtisodiy va kiçik sanoat zonalari ma'muriy kengaşi qaroriga asosan Samarqand şahri, Ali Quşçi köçasida joylaşgan sobiq “Vaksina” ilmiy işlab çiqariş birlaşmasi bino-inşootlarining bir qismini investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarni bajariş şartlari bilan yutib olgan.
Biroq, uşbu binoga ayrim şaxslar noqonuniy joylaşib olib, xorijiy investor Murad Kasarning investitsiya loyihasini amalga oşirişga tösqinlik qilib kelişayotgan edi.

Narpay tuman Ma'muriy sudining adolatli qaroriga asosan bugungi kunda binoga kiriş va töğridan-töğri xorijiy investitsiya loyihasini amalga oşirişga şart-şaroitlar yaratib berildi.

Bölib ötgan sud jarayonlari hamda uning adolatli qaroridan söng turkiyalik işbilarmon Murad Kasar quyidagi minnatdorçilik gaplarini keltirdi:
“3-4 oy davom etgan sarsongarçilikka bugun çek qöyildi. Endi loyihamizni amalga oşiriş uçun bor kuç va şijoatimni işga solaman. Qolaversa, Özbekiston Respublikasida qonun doimo ustuvor ekanligini ta'kidlagan holda, albatta turkiyalik işbilarmon döstlarimni Özbekiston Respublikasiga sarmoya kiritişlariga çorlab qolaman”.












