Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Özbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi prezident qarori loyihasi joylaştirildi.
Özbekiston Respublikasi prezidentining ayrim qarorlariga quyidagi özgartiriş va qöşimça kiritilişi mumkin:
Özbekiston Respublikasi prezidentining 2018 yil 13 apreldagi PQ–3666-son qarori bilan tasdiqlangan Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi töğrisidagi nizomning 10-bandi (Vazirlik funksiyalari) 8-kiçik bandida:
ikkinçi xatboşi çiqarib taşlanadi;
uçinçi – töqqizinçi xatboşilar tegişli ravişda ikkinçi – sakkizinçi xatboşilar deb hisoblanadi;
ikkinçi va töqqizinçi xatboşilar quyidagi tahrirda bayon etiladi:
“davlat organlari va taşkilotlar tomonidan huquqiy tarğibot va ma'rifat böyiça olib borilgan işlarni örganadi, huquqiy tarğibot holatini tahlil qiladi, şuningdek, ularning uşbu yönalişdagi faoliyatini takomillaştiriş böyiça tavsiyalar tayyorlaydi va takliflar işlab çiqadi;
davlat organlari va taşkilotlarining huquqiy axborotdan keng kölamda foydalanişini ta'minlaydi, ularning huquqiy tarğibot sohasidagi fuqarolik jamiyati institutlari va ommaviy axborot vositalari bilan samarali hamkorlik qiliş böyiça faoliyatini muvofiqlaştiradi;”.
Quyidagi mazmundagi töqqizinçi – ön birinçi xatboşilar bilan töldiriladi:
“davlat organlari, taşkilotlari va aholini qonunçilikning mazmun-mohiyati va ahamiyati töğrisida xabardor qilişning sifatini tubdan oşiriş, uşbu faoliyatni taşkil qilişda prinsipial yangi yondaşuvlarni işlab çiqiş böyiça kompleks çora-tadbirlarni amalga oşiradi;
aholining turli qatlamlari, şu jumladan, tadbirkorlar va yoşlarning axborotga bölgan ehtiyojlarini hisobga olgan holda huquqiy tarğibotni amalga oşirişning zamonaviy mexanizmlarini joriy etiş böyiça takliflar işlab çiqadi;
ijroçilar va aholini qonunçilikning mohiyati va ahamiyati töğrisida xabardor qilişning sifatini tubdan yaxşilaş maqsadida keng jamoatçilik fikrini örganadi, tahlil qiladi, uşbu sohada işlarni yanada takomillaştiriş borasida takliflar işlab çiqadi;”.












