Şu kunlarda «Bunyodkor» klubi Superligadan tuşirib yuborilişi haqida gaplar köpaymoqda. PFL ertaga bölib ötadigan Superligaga qur'a taşlaş marosimida qatnaşiş uçun 11 ta klubning direktorlariga xat yuborilgani va «Bunyodkor» tadbirga taklif qilinmagani haqidagi gaplar «olovga moy sepdi». Bu boradagi miş-mişlarga oydinlik kiritiş maqsadida «Bunyodkor» klubi sport direktori vazifasini bajaruvçi Uluğbek Mirzayev bilan suhbat uyuştirdik.

«Pro-Ligaga tuşasizlar deb heç qanday xat berişgani yöq»

Uluğbek Mirzayevdan avvalo «Bunyodkor»ning bugungi holati va jamoaning Superligadan tuşirib yuborilişi qançalik haqiqatga yaqin ekani haqida söradik. Klub boş direktorining aytişiça, xavotirlanişga heç qanday asos yöq:

«Klubda işlar bir maromda davom etmoqda. Biz Superliga öyinlariga tayyorgarlik köryapmiz. Aytişim mumkin, «Bunyodkor» boşqa jamoalarga örnak böladigan tarzda faoliyatini davom ettirmoqda. Közingiz tuşgan bölsa kerak, PFL bir qator jamoalarni turli xil masalalar yuzasidan ogohlantirmoqda. Lekin biz hozirga qadar heç qanday ogohlantiriş yoki e'tiroz xati olmadik. PFL Superliganing qolgan jamoalariga yangi mavsumga tayyorgarlik köriş uçun qanday işlarni qiliş töğrisida xat yuborayotgan bölsa, bizga ham şunday xatlar kelib turibdi.

Video: Mover (tas-ix)

Video: Youtube

«Bunyodkor»ning Superligadan tuşirib yuborilişi haqidagi gaplar heç qanday asosga ega emas. Bular şunçaki miş-miş. Biz Superliga uçun 26 ta futbolçini röyxatdan ham ötkazib böldik. Klublar litsenziyadan ötişi uçun eng avval reglamentda belgilanganidek öz akademiyasiga ega bölişi kerak. «Bunyodkor» Superliga jamoalari orasida birinçi bölib akademiya masalasini ijobiy hal qildi. Biz xotirjammiz, çunki PFL bizni namunali klublar qatorida tilga oladi. Biz rasmiy hujjatga işonamiz va heç kim bizga mana bu asosga köra Superligada öynamaysizlar deb hujjat taqdim etmadi».

«Bunyodkor»ni mavsum avvalida Akrom Komilov, Sardor Sobirxöjayev, Rustam Aşurmatov, Javlon Ibrohimov kabi futbolçilar tark etişdi. Bu yigitlar jamoaning asosiy öyinçilari edilar va ularning ketişi şubhasiz, «Qaldirğoçlar» uçun katta yöqotiş böldi. Biroq Vadim Abramovning kelişi klub muxlislariga umid bağişladi. Klub direktoridan «Bunyodkor» Abramovga qay darajada işonayotgani haqida söradik va şunga amin böldikki, Vadim Karlenoviç bu jamoaga şunçaki kelmagan: