Janubiy Koreya Venesuela milliy assambleyasi spikeri Xuan Guaydoni Venesuelaning vaqtinçalik rahbari deb tan oladi va zudlik bilan prezident saylovi ötkazişga çaqiradi, deb bayonot berdi Koreya Respublikasi taşqi işlar vazirligi.

Vazirlik "prezident vazifasini bajarayotgan Guaydo boşçiligida qisqa muddat içida demokratik, şaffof va işonçga munosib bölgan prezident saylovi ötkazilişini talab qilişi"ni ta'kidlagan.

Xuan Guaydo 23 yanvar kuni özini Venesuelaning vaqtinçalik prezidenti deb e'lon qildi. AQŞ va 20dan ortiq Yevropa davlatlari uni mamlakat rahbari deb tan oldi. Rossiya, Xitoy va yana bir neçta davlat Nikolas Maduroni mamlakatning qonuniy prezidenti sifatida qöllab-quvvatlamoqda.

Avvalroq AQŞ prezidentining milliy xavfsizlik böyiça maslahatçisi Jon Bolton agarda Venesuela harbiylari “demokratiya tarafiga ötmasa” mamlakat yangi sanksiyalarga duç kelişi mumkinligini bildirgandi.