Agarda Venesuela harbiylari «demokratiya tarafiga ötmasa» mamlakat yangi sanksiyalarga duç kelişi mumkin. Bu haqda AQŞ prezidentining milliy xavfsizlik böyiça maslahatçisi Jon Bolton Twitter sahifasida ma'lum qildi.
«Venesuela harbiylarida tanlaş imkoni bor: demokratiyani qabul qilib, tinç aholini himoya qiliş va gumanitar yordam yetkazib berilişiga yöl qöyiş yoki yanada katta sanksiyalar va izolyatsiyaga duç keliş», — deb yozdi Bolton.
U tvitiga Reuters xabarini havola qildi. Agentlik öz manbasiga tayanib, Oq uy Karakasga qarşi yangi sanksiyalar kiritişi haqida xabar bergandi.
Venesuelaga gumanitar yordam beriş özini mamlakat prezidenti deb e'lon qilgan Xuan Guaydo boşçiligidagi muxolifat tomonidan taşkil etilgan. Venesuela rasmiy hukumati buni muxolifatning iğvogarligi deb atamoqda hamda ularni va AQŞni gumanitar yordam niqobi ostida mamlakatga qurol olib kirişga urinişda ayblamoqda.
Mamlakat hukumati Braziliya bilan çegarani yopib qöygan. Kolumbiya bilan çegarada esa Nikolas Maduro buyruği bilan harbiylar faollarga qarşilik körsatmoqda. Gumanitar yordam joylangan bir neçta yuk maşinalari yondirib yuborilgan.
Bir oz avval esa Kolumbiya hukumati Venesuela bilan çegara yopilganini ma'lum qilgandi.













