Sport | 09:46 / 25.02.2019
9315
2 daqiqa o‘qiladi

Kepa Sarrining talabini rad etib, zaxiraga o‘tirishdan bosh tortganiga izoh berdi

«Chelsi» darvozaboni Kepa Arrisabalaga «Manchester Siti»ga qarshi kechgan Angliya Liga kubogi finali oxiridagi vaziyat yuzasidan tushuntirish berdi.

«Uembli»dagi o‘yinning qo‘shimcha bo‘limlari so‘ngida Kepa darvozani jamoadoshi Villi Kabaleroga bo‘shatib berishdan bosh tortgan edi. Bosh murabbiy Mauritsio Sarri bu talabi qondirilmagach, g‘azab bilan zaxira o‘rindig‘ini tark etgandi. Ko‘p o‘tmay, Sarri o‘rniga qaytdi va «Chelsi» penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘ldi.

«Men hech qanaqasiga murabbiyning gapini ikki qilish niyatim yo‘q edi. Biz shunchaki bir-birimizni tushunmay qoldik. Men maydonni tark etishdan bosh tortganim yo‘q. Murabbiylarga men o‘zimni yaxshi his etayotganimni aytdim.

Tushunib turibman, endi televideniyeda va ijtimoiy tarmoqlarda bu vaziyatni muhokama qilishadi. Lekin men murabbiyga qarshi harakat qilmoqchi emasdim», – degan Kepadan iqtibos keltirmoqda Associated Press.

 

Комрон Чегабоев
Tayyorlagan Комрон Чегабоев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid