Sport | 12:44 / 26.02.2019
10477
2 daqiqa o‘qiladi

«Chelsi» Kepani jazoladi

Foto: Getty Images

«Chelsi» rahbariyati Angliya Ligasi Kubogi finalida «Manchester Siti»ga qarshi kechgan o‘yin oxirida jamoa bosh murabbiyi Mauritsio Sarri va darvozabon Kepa Arrisabalaga o‘rtasida yuzaga kelgan vaziyat bo‘yicha tekshiruv ishlarini yakunladi.

Final o‘yinida overtaymlar yakunlanib borayotganida Mauritsio Sarri darvozabon Kepa Arrisabalaga o‘rniga Villi Kabaleroni tushirmoqchi bo‘lganida, Kepa maydonni tark etishni istamagan va bu bilan Sarrining g‘azabini qo‘zg‘agan edi. Penaltilar seriyasida «Manchester Siti g‘alaba qozondi.

O‘yindan keyin Sarri darvozabon bilan o‘rtasida tushunmovchilik bo‘lganini va unga hech qanday e'tirozi yo‘qligini aytdi. Murabbiy so‘zlariga qaraganda, u Kepaning mushaklari tortishgan deb o‘ylagan. Keyinchalik darvozabon bilan gaplashib, bunday emasligini aniqlagan.

Avvaliga klub darvozabonni bu xatti-harakatlari uchun jazolamaslikka qaror qilgani aytilgandi.

Klub matbuot xizmati xabariga ko‘ra esa, futbolchi bir haftalik maoshi miqdorida jarimaga tortilgan. Pullar Chelsea Foundation xayriya fondiga yo‘naltiriladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid