Bugun, 25 fevral kuni Milliy olimpiya qömitasi prezidenti Umid Ahmadjonov Toşkentdagi «Hyatt Regency» mehmonxonasida Xalqaro Kuraş Assotsiatsiyasi prezidenti, Osiyo Olimpiya Kengaşining Osiyo öyinlari departamenti direktori Haydar Farmon bilan uçraşuv ötkazdi. Unda özbek milliy sporti hisoblangan kuraşning Osiyo öyinlaridagi örnini mustahkamlaş yölida muzokaralar olib borildi.

Uçraşuvda MOQ rahbari musobaqaning kuraş böyiça bahslarida vaznlar toifasini köpaytiriş ğoyasini ilgari surdi. Uşbu taklif Xalqaro kuraş assotsiatsiyasi prezidenti tomonidan ham qöllab-quvvatlandi. Bu böyiça Osiyo Olimpiya Kengaşi xulosasi Hançjou-2022, Nagoya-2026 öyinlari taşkiliy qömitasiga ham yuborildi.

Uçraşuv yakunlariga köra, 2022 yilgi Osiyo öyinlaridan boşlab kuraş 15ta vazn toifasida (7ta erkaklar, 8ta ayollar) taşkil etiladi. Şuningdek, erkaklar va ayollar örtasida jamoaviy bellaşuvlar ham öyinlar dasturidan örin oladi. Şu tariqa, özbek milliy sporti nufuzi Osiyo öyinlarida yanada kötariladi va kuraş bahslarda umumiy hisobda 17ta medallar jamlanmasi öynaladi.

Haydar Farmon keça, 24 fevral kuni Osiyo Olimpiya Kengaşi prezidenti Şayx Ahmad Al-Fahad As-Saboh boşçiligidagi delegatsiya tarkibida Özbekistonga taşrif buyurgan.

Eslatib ötamiz, 2018 yilgi Osiyo öyinlarida kuraş ilk marotaba musobaqa dasturidan örin oldi. Indoneziya mezbonlik qilgan öyinlarda milliy sportimiz böyiça 7ta vazn toifasida bahslar taşkil qilindi. 

Osiyo öyinlarida 7ta vazn toifasida (4ta erkaklar, 3ta ayollar) bellaşuvlar ötkazilgan. Musobaqada yurtimiz şarafini himoya qilgan 14 sportçidan 12 nafari medallarga sazovor bölgandi.