24 fevral kuni Osiyo Olimpiya Kengaşi (OCA) prezidenti Şayx Ahmad Al-Fahad as-Saboh Toşkent şahriga taşrif buyurdi. Martabali mehmonni Islom Karimov nomidagi Toşkent xalqaro aeroportida AIBA prezidenti Ğofur Rahimov, MOQ prezidenti Umid Ahmadjonov boşçiligidagi MOQ mutasaddilari hamda OAV xodimlari kutib olişdi.

Şayx Ahmad As-Saboh kuvaytlik siyosatçi va sport ma'muri ham hisoblanadi. Ayni paytda u Xalqaro olimpiya qömitasi a'zosi, Osiyo Gandbol federatsiyasi prezidenti sifatida faoliyat olib boradi. As-Saboh 2001-2003 yillarda Kuvayt Axborot vaziri, 2003-2006 yillarda Energetika vaziri, 2005 yilda OPeK boş kotibi, 2006 yildan esa Kuvayt Davlat xavfsizlik xizmati boşliği lavozimida işlagan.

Şayx Ahmad As-Saboh Kun.uzʼga bergan eksklyuziv intervyusida Özbekistonning navbatdagi Osiyo öyinlariga mezbonlik qiliş imkoniyatlari, sport atrofidagi siyosiy kelişmovçiliklar, Markaziy Osiyoga “qaytayotgan” hokkey töğrisida gapirib, şaxsiy mulohazalarini bildirdi.

– Assalomu alaykum, şayx As-Saboh, sizni Özbekistonda körib turganimizdan mamnunmiz.

– Katta rahmat, mamlakatingizga qayta taşrif buyurib, mehmon bölib turganimdan xursandman.

Video: Mover (tas-ix)

Video: Youtube

– Osiyo olimpiya kengaşi prezidenti Özbekistonda nima maqsad bilan taşrif buyurgan, oldinda qanday rejalar bor?

– Özbekiston, xususan Toşkent şahri mustaqillik yillarining ilk davridanoq Osiyoda sportni ommalaştirişda muhim rol öynay boşlagan. Mamlakatning birinçi prezidenti ham, amaldagi prezident Şavkat Mirziyoyev ham yoşlar va sport masalalariga alohida e'tibor qaratdi. Şuning uçun, rasmiy Toşkent doim bu yönalişda faollik körsatgan. Osiyo öyinlarida muntazam iştirok etayotgan özbek sportçilari, jumladan boksçilar, kuraşçilar, futbolçilar faxrli natijalarga erişib kelmoqda.