«Bu Özbekiston delegatsiyasi uçun çinakam muhim voqeadir. OSA prezidenti vazifasini bajaruvçi Raja Randhir Singh va OSA boş direktori doktor Husayn Al-Musallam bilan muzokaralar, şuningdek, Milliy olimpiya qömitalari assotsiatsiyasi rahbari Robin Mitçell bilan ötkazilgan muzokaralar juda samarali böldi», deya yozadi Osiyo Olimpiya kengaşi vitse-prezidenti Otabek Umarov telegramdagi sahifasida.

 21 noyabr kuni BAA Sport boş boşqarmasi raisi – Milliy olimpiya qömitasi vitse-prezidenti bilan muzokaralar bölib ötdi.

«Doktor Ahmad Abdulloh Humeyd Bil Hul Al Falasiy qit'a mamlakatlari aro muloqot uçun Osiyo Olimpiya kengaşi muhim ekanligini ta'kidladi.

BAAdagi döstlarimiz Özbekiston sportçilarining muvaffaqiyatlarini diqqat bilan kuzatib boradilar va mamlakat rahbariyatining ommaviy sportni rivojlantirişga qaratilgan sa'y-harakatlarini yuqori baholaydilar. 

Özbekistonning köplab sport yönalişlaridagi yetakçilik pozitsiyalari alohida qayd etildi: BAA, öz navbatida, bunday salmoqli natijalarga erişiş imkonini beruvçi tajribani özlaştirişdan manfaatdor. Albatta, uşbu hamkorlik doirasida davlatlar örtasidagi munosabatlar yanada çuqurlaşib boradi», deyiladi xabarda.