Yaponiya imperatori Akixito 24 fevralda taxtga ötirganining 30 yilligini nişonlamoqda. Şu munosabat bilan Tokiodagi milliy teatrda davlat tantanali marosimi bölib ötdi.

“Biz bu marosimni xalq bilan uşbu muhim sanani nişonlaş uçun ötkazmoqdamiz”, deb aytgan Yaponiya boş vaziri Sindzo Abe kiriş nutqida. Uning aytişiça, bu yillar davomida Akixito yapon xalqining birdamligi ramzi bölib kelgan. Boş vazir imperatorning mamlakatning tabiiy ofatlardan jabrlangan aholisini qöllab-quvvatlaşdagi rolini alohida ta'kidlab ötgan.   

Imperator Akixito taxtga otasi Xiroxito ölimidan keyin 1989 yil 7 yanvarda ötirgan. 

85 yoşli Akixito keksa yoşi va salomatligi sababli öz istagi bilan 30 aprelda taxtdan voz keçadi. Bu masalada bir marta amal qiluvçi qonun ham qabul qilingan, çunki amaldagi qonun imperatordan öz vazifalarini umri oxirigaça bajarişni talab qiladi. Biroq Akixito iltimosi bajo keltirilgan.

Akixito uruşdan keyingi konstitutsiyaga köra taxtga ötirgan ilk yapon imperatori hisoblanadi. U taxtdan öz xohişiga köra voz keçgan mamlakat tarixidagi ilk monarx ham böladi.