«Seltik» boş murabbiyi Brendan Rojyers klubni tark etib, «Lester»da xuddi şu lavozim egasiga aylandi. Ingliz OAVda tarqalgan uşbu ma'lumot hozirça rasman tasdiqlanmadi.

Ma'lumotlarga köra, şotland klubini Rojyersning örniga mavsum oxiriga qadar Nil Lennon boşqarib turadi.

«Lester» 24 fevral kuni boş murabbiy Klod Pyuel iste'fosini ma'lum qilgandi. Şundan söng keça vakant lavozimga Rojyersdan taşqari Belgiya terma jamoasining amaldagi boş murabbiyi Roberto Martines va «Nyukasl»ni boşqarayotgan Rafael Benites nomzodlari körib çiqilayotgani xabar qilingandi.

Brendan Rojyers 2016 yilda «Seltik»ni qabul qilgunga qadar 2012-2015 yillarda «Liverpul» boş murabbiyi sifatida faoliyat yuritgan. Undan avvalroq «Suonsi», «Riding» va «Uotford» klublarini boşqargan; «Çelsi»ning yoşlar jamoasiga ustozlik qilgan.

46 yoşli mutaxassis «Seltik»da muvaffaqiyatli işlab kelayotgandi: u jamoani uç yilda ikki marotaba Şotlandiya Premer-ligasi, ikki marotaba mamlakat kubogi ğolibligi sari boşlab bordi; ketma-ket uç marta Şotlandiya Liga kubogini qölga kiritdi.

«Lester» APLda 27-turdan keyin 12-örinda boryapti. Klub ertaga, 27 fevral kuni navbatdagi turni öz maydonida «Brayton»ga qarşi ötkazadi.