Hindiston Harbiy-havo kuçlari samolyotlari Kaşmirdagi jangarilar lagerlariga zarbalar berdi. Times of India naşri xabariga köra, 12ta Mirage 2000 rusumli qiruvçi samolyotlar Balakote, Muzaffarobod va Çakotidagi lagerlar böylab hujum uyuştirgan.

Manba ma'lumotiga köra, Pokiston va Hindiston çegarasidagi hududlarga örnaşgan jangarilar katta yöqotişlarga uçragan.

Qayd etilişiça, Hindiston Mudofaa vaziri bu hujum haqida mamlakat boş vaziri Narendra Modiga hisobot yetkazgan.

Öz navbatida, Pokiston qurolli kuçlari vakili general Asif Ğafur rasmiy Delini mamlakat havo hududi çegaralarini buzib ötişda ayblagan.

Generalning aytişiça, «hindlarning samolyotlari Pokiston harbiy-havo kuçlari tomonidan munosib qarşi olingaç, zudlik bilan havo hududini tark etgan».

Eslatib ötamiz, 14 fevral kuni Kaşmirda harbiy kolonna ötayotgan yölda uyuştirilgan terakt oqibatida 44 nafar hindistonlik harbiy halok böldi. Bu hodisadan keyin Hindiston va Pokiston munosabatlari yanada sovuqlaşdi.

Hindiston tomoni Pokiston hukumati uşbu teraktga aloqadorligini ma'lum qildi, Pokiston Hindistondagi elçisini çaqirib oldi.