Londonning jamoat transport tarmoği nosoğlom oziq-ovqatni reklama qilişga taqiqlov kiritdi. Bu haqda The Drum naşri yozmoqda.
Yangi siyosat yoğ, tuz va şakar miqdori yuqori bölgan mahsulotlarni metro, yer usti transporti, taksi, bekatlar va tarmoq nazorat qiluvçi boşqa joylarda reklama qilişni taqiqlaydi. Şahar şu tariqa bolalar orasida semirişning oldini olmoqçi.
Oziq-ovqat mahsulotining zararligi soğliqni saqlaş vazirligining mahalliy bölimi mezonlari böyiça baholanadi. Ballar kompaniyalarga emas, balki alohida mahsulotlarga beriladi. Misol uçun, McDonald's metroda öz salatlarini reklama qilişi mumkin.
Baholaşning bu tizimi tufayli taqiqlov ostiga beziyon mahsulotlar, jumladan pişloq va zaytun moyi ham tuşişi mumkin, biroq alkogol reklamasiga yöl qöyiladi. Reklama posteriga tasodifan tuşgan zararli mahsulotlar ham reklamaga taqiqlov kiritilişiga olib keladi: misol uçun, turistik kompaniyaning xot-dog uşlagan odamlar tasvirlangan bilbordi ham taqiqlov ostiga tuşadi.












