2019 yilning 26 fevral kuni Toşkent şahrida Özbekiston va Ispaniya taşqi siyosat idoralari örtasidagi siyosiy maslahatlaşuvlarning oltinçi raundi bölib ötdi. Bu haqda TIV xabar qilmoqda.
Delegatsiyalarga Özbekiston Respublikasi taşqi işlar vaziri örinbosari Dilşod Axatov va Ispaniya Qirolligi taşqi işlar, Yevropa ittifoqi va hamkorlik vazirligi davlat kotibi Fernando Valenzuela Marzo rahbarlik qildilar.
Mamlakatlar örtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlaş böyiça aniq çoralar muhokama qilindi, xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almaşildi, deyiladi xabarda.
Uçraşuvda ta'kidlanişiça, Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Ispaniya qiroli Felipe VI örtasida 2017 yil 9 iyun kuni Ostonada bölib ötgan uçraşuv Özbekiston - Ispaniya hamkorligiga muhim faollik bağişladi. Davlat rahbarlari örtasida örnatilgan konstruktiv va işonçli muloqot özaro manfaatli aloqalarni yanada rivojlantiriş uçun yangi istiqbollarni oçadi.
Ispaniya kompaniyalarining iqtisodiyotning turli sohalarida, jumladan, qişloq xöjaligi, elektrotexnika, kimyo, quriliş va farmatsevtika, maşina qurilişi, töqimaçilik va oziq-ovqat sanoati, turizm kabi sohalarda yuqori texnologiyali işlab çiqariş quvvatlarini Özbekistonda yaratiş loyihalarida iştirok etişdan manfaatdor ekanliklarini tasdiqlandi. Iqtisodiyot va sanoat sohasida hamkorlik böyiça Hukumatlararo komissiyaning birinçi majlisini 2019 yilda ötkaziş hamkorlikni kengaytiriş, hukumat darajasida ikki mamlakat işbilarmonlari örtasidagi töğridan-töğri aloqalarni qöllab-quvvatlaş imkonini beradi.
Ispaniyaning Yevropa ittifoqidagi faol rolini inobatga olgan holda ikki tomonlama munosabatlarda «Özbekiston - YeI» şaklidagi hamkorlik muhim örin tutadi. Ispaniya tomoni Özbekiston va Yevropa ittifoqi örtasida Kengaytirilgan şeriklik va hamkorlik töğrisidagi yangi Bitim böyiça muzokaralar boşlanişini, şuningdek, mamlakatning Jahon savdo taşkilotiga a'zo bölişini qöllab-quvvatladi. Ta'kidlanganidek, uşbu mavzular bugun Ispaniya delegatsiyasi tomonidan Özbekiston vazirlik va idoralaridagi muzokaralar çoğida muhokama qilinadi.
Uçraşuvda umumiy kun tartibidagi boşqa masalalar ham körib çiqilgan.
Maslahatlaşuvlar yakunida ikki davlat taşqi siyosat idoralari örtasida 2019-2020 yillarga möljallangan Hamkorlik dasturi imzolandi.












