Soğliqni saqlaş vazirining buyruği bilan Patologik-anatomik tadqiqotlar ötkaziş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomga köra, patologik-anatomik tadqiqotlar faqat patologoanatom tomonidan ötkaziladi. Patologik-anatomik tadqiqotlar biopsiya va autopsiya usullarida amalga oşiriladi.
Biopsiya usulida patologik-anatomik tadqiqotlar ötkaziş
Davolaş-profilaktika muassasasida ambulator va statsionar şaroitda davolanayotgan bemorlarga töğri taşxis qöyiş va ularni samarali davolaş maqsadida tegişliligi böyiça Respublika patologik-anatomiya markazi, patologik-anatomiya bölimlari hamda hududiy patologik-anatomiya byurolarida biopsiya usulida patologik-anatomik tadqiqotlar ötkaziladi.
Davolaş-profilaktika muassasalarida ambulator va statsionar şaroitda davolanayotgan bemorlardan olingan biopsiya materiali yoki jarrohlik amaliyoti jarayonida olingan töqima tegişli patologik-anatomiya xizmatiga kasallikni hujayraviy darajada aniqlaş uçun yöllanma asosida taqdim qilinganda uni patologik-anatomiya xizmatining mas'ul xodimi qabul qilib oladi.
Mas'ul xodim qabul qilib olingan biopsiya materiali yoki jarrohlik amaliyoti jarayonida olingan töqima haqidagi ma'lumotlarni taqdim qilingan yöllanmaning tegişli qismiga yozib qöyadi. Uşbu ma'lumotlar laborant tomonidan yuritiladigan daftarga ham qayd qilinadi.
Patologoanatom patologik-anatomik tadqiqot ötkaziş uçun taqdim etilgan biopsiya materiali yoki jarrohlik amaliyoti jarayonida olingan töqimadan mikropreparat tayyorlaş uçun kesma oladi. Patologoanatom olingan kesmani mikropreparat tayyorlaş uçun yöllanma asosida laboratoriyaga topşiradi. Laboratoriyaning mas'ul xodimi topşirilgan kesmadan 10 kundan köp bölmagan muddatda mikropreparat tayyorlaydi. Agar topşirilgan kesmadan mikropreparat tayyorlaş 10 kundan köp bölgan muddatni talab qilsa, u holda mikropreparatni tayyorlayotgan mas'ul xodim patologoanatomni bu haqsa xabardor qilişi zarur.
Laboratoriyaning mas'ul xodimi tayyorlangan mikropreparatni şu kunning özida patologoanatomga topşirişi lozim. Patologoanatom tayyorlangan mikropreparatni mikroskop yordamida tahlil qiladi va gistologik taşxis qöyadi. Patologoanatom tomonidan qöyilgan taşxis va unga tegişli boşqa ma'lumotlar haqida yöllanmaning tegişli qismiga yozuv kiritiladi. Yöllanmada körsatilgan taşxis va boşqa ma'lumotlar laborant tomonidan yuritiladigan daftarga qayd etiladi va yöllanma tegişli davolaş- profilaktika muassasasiga yuboriladi.
Autopsiya usulida patologik-anatomik tadqiqotlar ötkaziş












