Qöşiqçi Şakira 12 iyunda soliqlarni tölaşdan böyin tovlaş ayblovi böyiça Ispaniya sudi oldida ayblanuvçi sifatida javob beradi.

Espluges-de-Lobregat şahri sudi (Kataloniya) prokuraturaning qöşiqçining soliq tölamasligi böyiça 6 ta holat (daromad soliği va mol-mulk soliği) böyiça arzini körib çiqişga qabul qilgan. 

Gap 14,5 mln yevro haqida bormoqda. Prokuratura fikriça, qöşiqçi daromadini Kayman orollari, Virgin orollari, Panama va boşqa ofşor hududlardagi 14 ta kompaniya orqali yaşirgan.

Şakira 2010 yildan buyon ispaniyalik futbolçi Jyerar Pike bilan uçraşadi. Juftlik öz aloqalari haqida 2011 yilda rasman e'lon qilgan, biroq qöşiqçi Ispaniya soliq idoralari hisobiga 2015 yilda turgan. Şu tariqa, soliqçilar qöşiqçi 4 yil davomida Ispaniyada soliqlarni tölaşdan böyin tovlagan deb hisoblaşmoqda, vaholanki qöşiqçi şu vaqtning köp qismi davomida Ispaniyada yaşagan.

Şakira advokatining ta'kidlaşiça, qöşiqçi 2015 yilgaça Ispaniyada yaşamagan, şu sababli u Ispaniya oldidagi barça soliq majburiyatlarini bajargan.