Transparency International xalqaro taşkiloti Özbekistonga korrupsiyaga qarşi kuraşişda yordam beradi. Bu haqda “Özbekiston 24” telekanalining “Tahlilnoma” körsatuvida ma'lum qilindi, deb yozadi “Xalq sözi”.
Uşbu taşkilotning mintaqaviy menejyeri Svetli Savitskayaning aytişiça, Transparency International korrupsiyaga qarşi kuraşiş samaradorligini oşiriş sohasida kömak berişga tayyor.
“Toşkentda aprel oyi oxirida Transparency International ekspertlarini jalb qilgan holda korrupsiyaga qarşi kuraşiş sohasidagi xalqaro standartlar va zamonaviy amaliyotni Özbekistonda joriy etiş masalalariga bağişlangan hamkorlikdagi tadbir ötkazişga kelişib olindi”, deyiladi xabarda.
Ayni paytda Özbekiston korrupsiyaga qarşi kuraşiş reytingida 180 ta davlat içida 158-örinni egallab turibdi. Mazkur röyxat esa aynan Transparency International tomonidan tuziladi. Soliştiriş uçun, mamlakat 2017 yilda 180 ta davlat içida 157, 2016 yilda 176 ta davlat içida 156-örindan joy olgandi.
Bundan oldin BMT Özbekistonga korrupsiyaga qarşi kuraşiş uçun 8 million AQŞ dollari yönaltirişi haqida xabar berilgan edi.
Ma'lumot uçun, Transparency International butun dunyoda korrupsiyaga qarşi kuraşiş va korrupsiya darajasini tadqiq etiş böyiça nohukumat xalqaro taşkilotdir. Uşbu xalqaro harakatga 1993 yilda Jahon bankining sobiq direktori Peter Aygen tomonidan asos solingan.
Ayni paytda uning dunyoning 100 dan ortiq mamlakatlarida bölinmalari mavjud.
Transparency International korrupsiya reytingida Özbekiston 158-örinni egalladi











