Transparency International korrupsiya bilan kuraşiş böyiça xalqaro nodavlat taşkiloti 2018 yil yakunlari böyiça hisobot e'lon qildi.
Özbekiston reytingda 180 mamlakat içida 158-örinni egalladi. 2017 yilda davlat 180 mamlakat orasida 157-örinni egallagan bölsa, 2016 yilda - 176 mamlakat içida 156-poğonadan joy olgandi.
Daniya birinçi örinni egalladi, ikkinçi - Yangi Zelandiya. Uçinçi poğonani Finlyandiya, Singapur, Şvetsiya va Şveytsariya bölişib oldi.
Reytingda sönggi uç örinni Somali, Janubiy Sudan hamda Suriya egallab turibdi.
Markaziy Osiyo böyiça eng yaxşi körsatkiç Qozoğistonda - 124-örin. Turkmanistonda eng yomoni - 161-poğona.
Transparency International - korrupsiya bilan kuraş va butun dunyo böylab korrupsiya darajasini örganiş böyiça nodavlat xalqaro taşkilot. Xalqaro harakat 1993 yilda Jahon banki sobiq direktori Peter Aygen tomonidan Berlinda taşkil etilgan. Hozirgi kunda taşkilot dunyoning 100 dan ortiq mamlakatida öz bölinmalariga ega.

















