Uorren Baffett 4 mlrd dollarlik yo‘qotishdan keyin bayonot berdi

Foto: Rick Wilking / Reuters
Milliarder Uorren Baffettning CNBC’ga intervyuda ma'lum qilishicha, uning Berkshire Hathaway xoldingi oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi Kraft Foods va ketchuplar tayyorlovchisi Heinz’ning 2015 yilda birlashishi vaqtida ortiqcha pul to‘lagan.
«Kraft Heinz - hali ham yaxshi biznes, u 7 milliard dollarlik aktivlardan foydalanadi va soliqlardan oldin ulardan 6 mlrd dollar ishlab topadi. Lekin biz va ayrim avvalgi shaxslar moddiy aktivlar asl narxidan 100 milliard dollar ko‘proq pul to‘ladik, shuning uchun kompaniya 7 milliard dollar emas, balki 107 milliard dollar ishlab topishi kerak», - dedi u.
Jurnalistning Berkshire kompaniyaga ortiqcha to‘lagani haqidagi savoliga, Baffett ijobiy javob qaytardi. «Ha, biz ortiqcha pul to‘ladik. Heinz uchun ortiqcha pul to‘lamadik, bu 3G (Braziliya investitsiya jamg‘armasi, Heinz egalaridan biri) bilan kelishuv edi, 50 ga 50, ammo biz Kraft uchun ortiqcha to‘laganmiz hamda 15 milliard dollarlik aktivlarni olib tashladik», - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi u.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Uorren Baffett bir kunda 4,3 mlrd dollar yo‘qotgandi.
Tavsiya etamiz
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
Yoz jaziramasi davom etadi: 10 kunlik ob-havo prognozi
O‘zbekiston | 17:56 / 20.06.2025
“Badavlat ayol” loyihasida kim badavlat bo‘lyapti?
Jamiyat | 21:46 / 19.06.2025
Tarvuz tarkibidagi nitratlar: hozirgi tarvuzlarni yesa bo‘ladimi?
Jamiyat | 17:57 / 19.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Saida Mirziyoyeva Prezident administratsiyasi rahbari etib tayinlandi
O‘zbekiston | 21:25
-
Eron mazlum maqomini saqlab qolishga harakat qiladi - Rabbimov
Jahon | 21:19
-
Yil yakunigacha 12 ta quyosh va 4 ta shamol elektr stansiyasi ishga tushiriladi
O‘zbekiston | 21:10
-
Tramp neft narxining ko‘tarilishi «dushmanga qo‘l kelishini» aytdi
Jahon | 20:43
Mavzuga oid

16:30 / 04.05.2025
Milliarder Uorren Baffett Berkshire Hathaway bosh direktorligidan ketadi

22:19 / 28.08.2024
Berkshire Hathaway kapitallashuvi birinchi marta 1 trillion dollardan oshdi

07:26 / 24.06.2021
«O‘yin qo‘shimcha vaqtga o‘tdi» – 90 yoshli Uorren Baffett yana 4,1 milliard dollar xayriya qilganini e'lon qildi

00:22 / 01.09.2020