Britaniyaning The Economist jurnali ekspertlari 2019 yilda global iqtisodiyot uçun asosiy xatarlarni ma'lum qilişdi, reyting jurnal saytida joylaştirildi.

Ekspertlarning fikriça, xalqaro iqtisodiyot istiqbollari yomonlaşmoqda. Iqtisodiy ösiş 2018 yilda 2,9% dan 2019 yilda 2,8% ga va 2020 yilda 2,6% gaça kamayişi kutilmoqda.

Savdo uruşlari

Jurnal ekspertlari fikriça, AQŞ va Xitoy örtasidagi mojaroning keng kölamli savdo uruşiga aylanib ketişi jahon iqtisodiyotiga jiddiy tahdid böladi. The Economist mutaxassislari bildirişiça, bunday yakun xavfi örtaça darajada. Ularning ta'kidlaşiça, bunday yakunni amalga oşiriş öta jiddiy oqibatlarga olib kelişi mumkin.

Hozirgi vaqtda Pekin va Vaşington muzokaralar olib bormoqda, ular vaziyat yomonlaşişidan qoçiş mumkin bölgan savdo bitimini tuzişiga umid bor. Şunga qaramay, bunday sulh vaqtinçalik bölişi mumkin, sababi XXR AQŞning barça talablarini bajarmaydi. The Economist ekspertlari fikriça, bunday ziddiyatlar global savdoda hajmlar pasayişiga olib keladi, inflatsiya, iste'molçilar xulq-atvori, biznes va iqtisodiy ösişga sezilarli ta'sir körsatadi.

Şuningdek, asosiy xatarlar top-3ligiga korporativ qarzlar va rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodidagi katta inqiroz tufayli yuzaga keladigan AQŞ retsessiyasi kirdi. Hisobot tuzuvçilarining ta'kidlaşiça, dunyoda savdo uruşi bilan birga texnologik savdo uruşi ham boşlanişi mumkin.

Xitoyda davomiy inqirozning boşlanişi

The Economist fikriça, XXR iqtisodiyotining qulaşi ehtimoli (2018 yilda YaIM, dastlabki hisob-kitoblarga köra, 28 yil içidagi eng yomon natijani körsatgan holda 6,6 foizga ösdi) juda kamdir. Biroq, Xitoy hukumati, AQŞ bilan savdo mojarosida iqtisodiyotni qöllab-quvvatlaş çoralarini körib, xatoga yöl qöyişi mumkin. The Economist’ning bildirişiça, YaIM 230 foizidan oşiq bölgan, mamlakat içki kreditlar hajmi Xitoyning eng zaif nuqtasi sanaladi.

«Xitoy va boşqa rivojlanayotgan bozorlardagi talabga nisbatan ğarb işlab çiqaruvçilari hamda reteylerlari qaramligi ösib borayotganini hisobga olsak, Xitoyda [iqtisodiy] ösişning pasayişi jiddiy global oqibatlarga ega böladi - bu ötgan ön yilliklardagidan köra ança katta», - deyiladi hisobotda.