Bugungi kunda mamlakatda davlat xizmatlari körsatiş sohasida fuqarolarga qulayliklar yaratiş, ularning hujjatlarni kötarib idorama-idora yuriş holatlari va ortiqça ovoragarçiliklarining oldini oliş maqsadida bir qança işlar amalga oşirilmoqda.
Ma'lumki, xorijiy davlatlarda amal qiliş yoki xorijiy davlatlarning qaysidir taşkiloti yoki organiga taqdim qiliş uçun berilgan hujjat (işonçnoma, şartnoma, guvohnoma, ma'lumotnoma)dagi imzoning va hujjatga qöyilgan muhr yoki ştampning haqiqiyligini tasdiqlab, maxsus ştamp qöyiş apostil hisoblanadi.
Bugungi kungaça xorijiy davlatlarda amal qilişi uçun berilgan hujjatlarni tasdiqlatiş uçun fuqarolar Adliya vazirligiga, Toşkent şahriga kelişlari zarur edi. Yangi tartibga asosan bu talab bekor qilinib fuqarolar uşbu hujjatlarni tasdiqlatiş uçun Toşkent şahriga kelib yurmasdan, özlarining doimiy yaşaş joylaridagi tuman (şahar) davlat xizmatlari markazlariga murojaat qiladilar.
Adliya vazirligi Jamoatçilik bilan aloqalar bölimi xabariga köra, markaz xodimlari tomonidan elektron anketa töldirilib, 10 daqiqa içida tegişliligi böyiça Qoraqalpoğiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyat yoki Toşkent şahar adliya boşqarmasiga yuboriladi.
Qoraqalpoğiston Respublikasi Adliya vazirligi, tegişli viloyat yoki Toşkent şahar adliya boşqarmasi anketani qabul qilib olganidan söng 5 iş kuni içida hujjatni tasdiqlaş (apostil qöyiş) böyiça qaror qabul qiladi. Hujjatlar tasdiqlangan taqdirda darhol davlat xizmatlari markaziga yetkaziladi.
Davlat xizmatlari markazi hujjat tasdiqlanganligi haqidagi xat tuşgandan söng 1 soat mobaynida hujjatini olib ketiş uçun ariza beruvçini axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi.
Qonunçilikka kiritilgan bu özgariş fuqarolarda hujjatlarni rasmiylaştirişdagi noqulayliklar, ortiqça mablağ va vaqt yöqotişning oldini olişga xizmat qiladi.












