Özbekiston Respublikasi Prezidentining «Şarq taronalari» xalqaro musiqa festivalini ötkazişga tayyorgarlik köriş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarori qabul qilindi.

Qarorga köra Samarqand şahrida XII «Şarq taronalari» xalqaro musiqa festivalini 2019 yilning 26–30 avgust kunlari ötkaziş töğrisidagi taklif ma'qullangan.

Festivalga tayyorgarlik köriş va uni ötkaziş böyiça Taşkiliy qömita tarkibi tasdiqlangan.

Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ikki hafta muddatda Festivalni ötkaziş töğrisidagi nizomni işlab çiqiş va tasdiqlaş vazifasi yuklatilmoqda.

Festival doirasida «Şarq xalqlari an'anaviy musiqa san'atini rivojlantiriş istiqbollari» mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya ötkaziladi, unda xorijlik va mahalliy taniqli musiqaşunos olim va mutaxassislar hamda tadqiqotçilarning öz ma'ruzalari bilan iştirok etişlari ta'minlanadi.