Özbekistonda banklarga rahbarlarni Markaziy bank bilan kelişmagan holda tayinlaşga ruxsat berildi. Bu haqda “Tijorat banklarida korporativ boşqaruv töğrisidagi nizomga özgartirişlar kiritiş haqida”gi qarorda aytiladi.
Bundan avval banklar boşqaruvi raisi lavozimga bank Kengaşi qarori bilan, Markaziy bank bilan kelişilgan holda tayinlanardi. Keyinçalik aksiyadorlar uni Umumiy yiğilişi tomonidan tasdiqlaşi kerak edi.
Şu bilan birga, bunda bank boşqaruvi raisini tayinlaş töğrisidagi qaror, odatda, xorijiy menejyerlar iştirok etişi mumkin bölgan tanlov asosida qabul qilinadi. Boşqaruv a'zolari bank Kengaşi tomonidan tayinlanadilar
Tartib Markaziy bank töğrisidagi banddan taşqari özgarişsiz qolgan.












